«O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida»gi qonun

51-modda. Fuqarolik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish yakunlari bo'yicha berilishi lozim bo'lgan hujjatlar

(51-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 14 мартдаги ЎРҚ-759-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.03.2022 й., 03/22/759/0213-сон)

O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda olgan shaxsga quyidagi hujjatlar beriladi: ichki ishlar organi tomonidan — O'zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi kartasi yoki O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat; konsullik muassasasi tomonidan — O'zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti yoki O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat. O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxsga ichki ishlar organi tomonidan O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi beriladi. O'zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olinmagan, O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxs O'zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotganida unga ichki ishlar organlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo'lmagan shaxsning harakatlanish hujjati beriladi. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish ruxsat etilgan shaxsga, shu jumladan bolaga O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilganligi to'g'risida ma'lumotnoma beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.