Quyidagilar O'zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi:
a) 1992 yil 28 iyul holatiga ko'ra O'zbekiston Respublikasida doimiy yashagan, chet davlat fuqarosi bo'lmagan va O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lish istagini bildirgan shaxs;
b) O'zbekiston hududida yashagan va 1992 yil 28 iyulga qadar o'qish uchun O'zbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzluksiz ravishda ta'lim olgan yoxud harbiy xizmatni o'tagan va o'qish yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin bir yil ichida O'zbekistonga qaytib kelgan hamda O'zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan shaxs, basharti uning chet davlat fuqaroligi mavjud bo'lmasa;
v) ushbu Qonun kuchga kirgan kunda O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo'lgan shaxs;
g) ushbu Qonunga muvofiq O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxs.
Ushbu modda birinchi qismining «a» va «b» bandlarida nazarda tutilgan hollarda, O'zbekiston Respublikasida doimiy yashash fakti doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olinganligi to'g'risidagi belgining mavjudligi bilan tasdiqlanadi.
O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash chog'ida, ushbu modda birinchi qismining «a» va «b» bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shaxsning O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi bilan bog'liq holatlar boshlangan paytda amalda bo'lgan O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlarida qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn«O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida»gi qonun
5-modda. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublik
(5-модда биринчи қисмининг «б» банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 14 июндаги ЎРҚ-696-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.06.2021 й., 03/21/696/0553-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.