Fuqaroligi bo'lmagan shaxsni O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to'g'risidagi ariza doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga topshiriladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
so'rovnoma;
fuqaroligi bo'lmagan shaxsga yashash guvohnomasi;
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to'g'risidagi guvohnoma;
arizachining familiyasi, ismi va otasining ismi o'zgarganligi haqidagi ma'lumotnoma (o'zgarishlar mavjud bo'lsa);
2005 yil 1 yanvarga qadar O'zbekiston Respublikasiga kirib kelganligini va doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olinganligini yoki O'zbekiston Respublikasi hududida o'n besh yil va undan ortiq yil davomida doimiy yashab kelayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Fuqaroligi bo'lmagan shaxsni O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to'g'risidagi arizani ichki ishlar organlari tomonidan ko'rib chiqishning umumiy muddati ariza topshirilgan kundan e'tiboran uch oyni tashkil etadi.
Ushbu Qonunning 6-moddasida nazarda tutilgan holatlar tasdiqlangan taqdirda, fuqaroligi bo'lmagan shaxs tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanib, Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan xulosaga asosan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
lex.uz’dagi asl matn«O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida»gi qonun
45-modda. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishni rasmiylashtirish masalalariga oid materiallarni tayyorlash
(45-модда биринчи қисмининг еттинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 февралдаги ЎРҚ-905-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2024 й., 03/24/905/0106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.