«O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida»gi qonun

35-modda. Ota-onasidan biri O'zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqqan taqdirda bolaning O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qolishi

Agar ota-onasidan biri O'zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqayotgan bo'lsa, boshqasi esa O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lib qolaversa, bola O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qoladi. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqayotgan otasining yoki onasining iltimosnomasiga ko'ra, bolaga O'zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishga O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qolgan otasining yoki onasining yozma roziligi mavjud bo'lgan taqdirda ruxsat berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.