Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ishdagi hujjatning asli uni taqdim etgan shaxsning iltimosnomasiga ko'ra qaytarilib, hujjatning sudya tomonidan tasdiqlangan ko'chirma nusxasi ishda qoldirilishi mumkin.
Agar sud mumkin deb topsa, sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga qadar yozma dalillar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytarilishi mumkin. Mazkur shaxslar iltimosnoma bilan birga hujjat aslining tegishli tarzda tasdiqlangan ko'chirma nusxasini taqdim etadi yoki ishda qolayotgan ko'chirma nusxani sud tomonidan tasdiqlash to'g'risida iltimosnoma beradi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
89-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.