Fuqarolik protsessual kodeksi

85-modda. Yozma dalillarni taqdim etish va talab qilib olish

Yozma dalilni taqdim etuvchi shaxs ushbu dalil bilan ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan qanday holatlarni aniqlash mumkin ekanligini ko'rsatishi, talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etilganda esa bu qanday dalil ekanligini ko'rsatishi va yozma dalil muayyan shaxsda deb hisoblashi uchun qanday asosi borligini ko'rsatishi shart. Sud tomonidan davlat organlaridan, tashkilotlardan yoki fuqarolardan talab qilinadigan yozma dalillar bevosita sudga yuboriladi. Sud yozma dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma bergan shaxsga ushbu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir so'rov ham berishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.