Taraflar va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining o'zlariga ma'lum bo'lgan, ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlar to'g'risidagi tushuntirishlari ish yuzasidan to'plangan boshqa dalillar qatori tekshirilishi va baholanishi lozim.
Taraflardan biri o'zining talablari yoki e'tirozlariga asos qilib olgan faktlarni boshqa taraf tomonidan tan olinishi birinchi tarafni bu faktlar isbotini davom ettirish zaruriyatidan ozod qiladi. Agar muayyan fakt xususida sudning shubhasi bo'lsa, bu fakt umumiy asoslarga ko'ra isbotlanishi lozim.
Faktni tan olish sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va tan olgan taraf uni imzolaydi. Agar faktni tan olish yozma arizada bayon etilgan bo'lsa, mazkur ariza ishga qo'shib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
81-modda. Taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.