Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada ko'rsatilgan bo'lishi kerak.
Fuqarolar tomonidan beriladigan ishonchnomalar notariuslar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo'lgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxslarning vakillari tegishli organ rahbarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma bo'yicha harakat qiladi.
Tashkilot nomidan beriladigan ishonchnoma tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, imzo tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud bo'lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
Tashkilotlarning rahbarlari sudga o'z xizmat lavozimlarini yoki vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi.
Advokatning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
68-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish
(68-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.