Fuqarolik protsessual kodeksi

62-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari

(62-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 26 сентябрдаги ЎРҚ-1084-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.09.2025 й., 03/25/1084/0874-сон)

Mutaxassis sifatida chaqirilgan shaxs quyidagi huquqlarga ega: o'zining nima maqsadda sudga chaqirilayotganligini bilish; agar maxsus bilim va ko'nikmalarga ega bo'lmasa, ish yuritishda ishtirok etishni rad qilish; protsessual harakat ishtirokchilariga sudning ruxsati bilan savollar berish; dalillarni to'plash, tekshirish va baholashga ko'maklashayotganida, ilmiy-texnika vositalari qo'llanishi, ekspertiza tayinlanishi uchun materiallar tayyorlayotganida o'zi qilgan harakatlar bilan bog'liq holatlarga protsessual harakat ishtirokchilarining e'tiborini qaratish; o'zi ishtirok etgan protsessual harakat bayonnomasi bilan, shuningdek sud majlisi bayonnomasining tegishli qismi bilan tanishish hamda o'z ishtirokida amalga oshirilgan harakatlarning kechishi va natijalari qayd qilinishining to'liqliligi va to'g'riligi xususida bayonnomaga kiritilishi lozim bo'lgan arzlar va fikrlarni bildirish; ish yuritishda protsessual harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etish bilan bog'liq holda qilgan xarajatlarining o'rni qoplanishi. Mutaxassis etib tayinlangan shaxs: sudning chaqiruviga binoan kelishi; protsessual harakatlarni amalga oshirishda va sud muhokamasida maxsus bilim, ko'nikmalar va ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda ishtirok etishi; o'zi bajarayotgan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi; yopiq sud majlisi muhokamasi ma'lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmasligi shart. Mutaxassisning yuzaga kelgan barcha masalalar bo'yicha maslahatlari sudga yozma ravishda taqdim etilishi kerak, sud muhokamasi davomida mutaxassis tomonidan berilgan tushuntirishlar esa sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Agar mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko'ra sud chaqiruvi bo'yicha kelmasa, shuningdek maslahatlar (tushuntirishlar) berishni asossiz ravishda rad etsa, ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin. Jarima solinishi mutaxassisni sudga kelish va maslahatlar (tushuntirishlar) berish majburiyatidan ozod etmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.