Fuqarolik protsessual kodeksi

458-modda. Qaytarma ijro

(458-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 январдаги ЎРҚ-661-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2021 й., 03/21/661/0011-сон)

Ijro etilgan sud hujjati o'zgartirilgan yoki bekor qilingan va ish yangidan ko'rib chiqilganidan keyin talablarni qanoatlantirishni to'liq yoki qisman rad etish to'g'risida hal qiluv qarori qabul qilingan yoki ish yuritishni tugatish to'g'risida yoxud arizani ko'rmasdan qoldirish to'g'risida ajrim chiqarilgan taqdirda, o'zgartirilgan yoki bekor qilingan sud hujjati bo'yicha javobgardan da'vogarning foydasiga undirilgan narsalarning barchasi javobgarga qaytarib berilishi kerak (hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi). Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilingan yoki o'zgartirilgan bo'lsa va da'voni to'liq yoxud qisman rad etish to'g'risida yangi sud hujjati qabul qilingan bo'lsa yoki ishni yuritish tugatilgan yoki da'vo ko'rmasdan qoldirilgan bo'lsa, sud sud hujjatining bekor qilingan yoxud o'zgartirilgan tegishli qismi bo'yicha undirishni to'liq yoki qisman tugatish to'g'risidagi sud hujjatini qabul qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Qaytarma ijro — bu oldingi sud qarorining bekor qilinishi yoki o'zgartirilishi natijasida, javobgar tomonidan allaqachon to'langan pul yoki boshqa narsalarni da'vogarning qaytarish talabiga ko'ra qaytarib berish jarayoni. Agar yangi sud qarorida da'vogar uchun pul yoki narsalarni qaytarish kerak bo'lsa, javobgar buni bajarishi shart. **Kimga tegishli** Bu qoida da'vogar va javobgar o'rtasidagi ijro munosabatlariga tegishli. **Amalda** Akmal Javobgarga 5 million so'm qarzi uchun sud hukmi chiqdi. Akmal to'ladi. Keyinchalik sud qarorini bekor qildi va da'voni rad etdi. Shuning uchun Javobgar Akmalga 5 million so'mni qaytarishi kerak.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.