Fuqarolik protsessual kodeksi

453-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o'tkazib yuborilgan muddatini tiklash

Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o'tkazib yuborilgan muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, sud uzrli deb topgan sabablarga ko'ra tiklanishi mumkin. O'tkazib yuborilgan muddatni tiklash to'g'risidagi ariza sud hujjatini chiqargan sudga yoki u ijro etiladigan joydagi sudga beriladi. Ariza sudga kelib tushgan kundan e'tiboran o'n kun ichida sud majlisida, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda ko'riladi, biroq bu shaxslarning kelmaganligi o'tkazib yuborilgan muddatni tiklash to'g'risidagi masalani hal qilish uchun to'sqinlik qilmaydi. Arizani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi va qarzdorga yuboriladi. O'tkazib yuborilgan muddatni tiklash rad qilinganligi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.