Fuqarolik protsessual kodeksi

438-modda. Sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'radigan sudlar

(438-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yangi ochilgan holatlar bo'yicha ushbu hal qiluv qarorini chiqargan sud tomonidan yangidan ko'riladi. Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instantsiyasi sudlarining qaysi ajrimlari va qarorlari bo'yicha birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori o'zgartirilgan yoxud yangi hal qiluv qarori qabul qilingan bo'lsa, o'sha qarorlar va ajrimlarni yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish sud hujjatini o'zgartirgan yoki yangi hal qiluv qarori qabul qilgan sud tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.