Fuqarolik protsessual kodeksi

419²⁶-modda. Taftish instantsiyasi sudida ishni ko'rish tartibi

Taftish tartibida ish ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga asosan, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda ko'riladi. Ishni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida ko'rishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o'rinbosarlari ishtirok etadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori yakuniy hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi). Taftish instantsiyasi sudi ajrimining, qarorining ko'chirma nusxasi ishni ko'rishda ishtirok etgan shaxslarga ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.