Agar shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyatning (protestning) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan yoxud mansab mavqei ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, taftish instantsiyasi sudi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rmasdan qoldiradi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rmasdan qoldirish to'g'risida sud ajrim chiqaradi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rmasdan qoldirish uchun asos bo'lib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
419¹⁹-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rmasdan qoldirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.