Fuqarolik protsessual kodeksi

419¹⁶-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazishni rad etish to'g'risidagi ajrim

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazishni rad etish to'g'risidagi ajrimida quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari; 3) taftish tartibida shikoyat bergan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi); 4) ustidan shikoyat qilinayotgan sud hujjatlari; 5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni; 6) taftish tartibidagi shikoyatni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga ko'rib chiqish uchun o'tkazishni rad etish sabablari. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o'rinbosari sudyaning taftish tartibidagi shikoyatini ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazishni rad etish to'g'risidagi ajrimini taftish tartibida shikoyat bergan shaxsning arizasiga ko'ra bekor qilishga va ishni ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazishga haqli. Taftish tartibidagi shikoyatni ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazishni rad etish to'g'risidagi ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilish uchun belgilangan muddat doirasida berilishi mumkin. Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddat o'tgandan keyin berilgan ariza ko'rib chiqilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.