Taftish instantsiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan berilgan bo'lsa;
2) shikoyat (protest) qonunga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo'lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo'lsa;
3) shikoyat (protest) Qoraqalpog'iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rilmagan sud hujjati ustidan berilgan bo'lsa;
4) shikoyat (protest) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga Qoraqalpog'iston Respublikasi sudida, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida ko'rilmagan sud hujjati ustidan berilgan bo'lsa;
5) shikoyat (protest) ishni taftish tartibida ko'rayotgan sud tomonidan ilgari taftish tartibida ko'rilgan sud hujjati ustidan berilgan bo'lsa;
6) shikoyatni (protestni) berish muddati o'tkazib yuborilgan va o'tkazilgan muddatni tiklash rad etilgan bo'lsa;
7) shikoyatdan uni bergan shaxs voz kechganligi, protest chaqirib olinganligi sababli shikoyat (protest) bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risidagi ajrim mavjud bo'lsa, bundan Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining shikoyatdan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risidagi ajrimi ustidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga berilgan shikoyat (protest) mustasno.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrimda shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko'rsatiladi, shikoyatni berishda to'langan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
419¹¹-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.