Fuqarolik protsessual kodeksi

407⁸-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rmasdan qoldirish

Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kassatsiya shikoyatining (protestining) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan yoxud mansab mavqei ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, kassatsiya instantsiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rmasdan qoldiradi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rmasdan qoldirish to'g'risida sud ajrim chiqaradi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rmasdan qoldirish uchun asos bo'lib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.