Sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan berilgan bo'lsa;
2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo'lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo'lsa;
3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida ko'rilgan sud hujjati ustidan berilgan bo'lsa;
4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o'tkazib yuborilgan va o'tkazilgan muddatni tiklash rad etilgan bo'lsa;
5) kassatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli kassatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risida ajrim mavjud bo'lsa.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko'rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda to'langan davlat bojini qaytarish to'g'risidagi masala hal etiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
407⁴-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
(4074-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.