Fuqarolik protsessual kodeksi

405¹-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati

(405¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e'tiboran olti oy ichida berilishi mumkin. O'tkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga ko'ra kassatsiya instantsiya sudining sudyasi tomonidan, agar iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o'tgan kundan e'tiboran uch oydan kechiktirmay berilgan bo'lsa va o'tkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilsa, tiklanishi mumkin. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning o'tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi ajrimda ko'rsatiladi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrimda ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.