Fuqarolik protsessual kodeksi

403-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi

(403-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan nizolar mustasno, sudning qonuniy kuchga kirgan va apellyatsiya tartibida ko'rilmagan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishi mumkin. Prokuror, yuqori turuvchi prokuror prokurorning ishtirokida ko'rilgan ish bo'yicha, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo'lgan taqdirda birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirgan va apellyatsiya tartibida ko'rilmagan sud hujjati ustidan kassatsiya protesti keltirishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.