Fuqarolik protsessual kodeksi

395-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rish muddati

(395-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 15 ноябрдаги ЎРҚ-997-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.11.2024 й., 03/24/997/0923-сон)

Apellyatsiya instantsiyasi sudi birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to'g'risida ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran bir oydan ortiq bo'lmagan muddatda ko'rib chiqadi. Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqilgan, shuningdek o'zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo'lgan yer uchastkasini qaytarish, o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to'g'risidagi ishlar bo'yicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) u sudga kelib tushgan kundan e'tiboran o'n besh kun ichida ko'rib chiqiladi. Alohida hollarda, apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rib chiqish muddati ishni ko'rayotgan sudlov hay'ati tomonidan ko'pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.