Fuqarolik protsessual kodeksi

389⁵-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni tugatish

(389¹ — 389⁵-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: 1) apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yo'l qo'yilib qabul qilingan bo'lsa; 2) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida ko'rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yo'l qo'yilib qabul qilingan bo'lsa; 3) apellyatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan berilgan bo'lsa; 4) apellyatsiya shikoyatidan voz kechish to'g'risidagi ariza apellyatsiya shikoyatini bergan shaxsdan apellyatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan bo'lsa; 5) protestni chaqirib olish to'g'risidagi ariza protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan apellyatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan bo'lsa; 6) ishda taraf bo'lgan yuridik shaxs apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan bo'lsa; 7) ishda taraf bo'lgan fuqaro apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo'l qo'ymasa. Apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar o'rtasida taqsimlash to'g'risidagi masala hal etiladi. Apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo'yicha apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Apellyatsiya sudi ba'zi hollarda shikoyat bo'yicha ishni to'liq ko'rib chiqmasdan tugatishi mumkin. Bu shikoyat noto'g'ri berilgan, noto'g'ri shaxs tomonidan berilgan yoki shikoyatchi undan voz kechgan bo'lsa sodir bo'ladi. Shuningdek, agar taraf vafot etsa yoki yuridik shaxs tugatilsa ham ish tugatiladi. Kimga tegishli Bu qoida apellyatsiya instantsiyasi sudiga tegishli bo'lib, u shikoyat bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risida qaror qabul qiladi. Amalda Masalan, fuqaro birinchi instansiya sudining qarorini shikoyat qildi, lekin shikoyat berganidan so'ng shikoyatdan voz kechish arzasini yubordi. Shu holda apellyatsiya sudi shikoyat bo'yicha ish yuritishni tugatadi va qaror chiqarmaydi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Apellyatsiya shikoyatiSud qarori ustidan yuqori instansiyaga; muddatni o‘tkazib yubormang.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.