Sudya apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan berilgan bo'lsa;
2) apellyatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo'lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo'lsa;
3) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida ko'rilgan sud hujjati ustidan berilgan bo'lsa;
4) apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o'tkazib yuborilgan va o'tkazilgan muddatni tiklash rad etilgan bo'lsa;
5) apellyatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risida ajrim mavjud bo'lsa.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko'rsatiladi, apellyatsiya shikoyatini berishda to'langan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
389¹-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.