Apellyatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
davlat boji va pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjat;
apellyatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda — uni imzolashga bo'lgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab ko'chirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan apellyatsiya shikoyati (protesti) mustasno.
Zarur hollarda, sudya apellyatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning zimmasiga apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilingan yozma materiallarning ko'chirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin.
Prokuror ishtirokisiz ko'rib chiqilgan ish bo'yicha apellyatsiya protestiga ushbu Kodeks 383-moddasining birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarning mazkur protestni keltirish uchun asos bo'lib xizmat qilgan murojaatining ko'chirma nusxasi ilova qilinadi. Bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo'lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko'rilgan ishlar mustasno.
Sudning arizani qaytarish haqidagi yoki arizani qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza va sudga taqdim etishda unga qo'shib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g'ayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga g'ayriqonuniy ravishda o'tkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash to'g'risida sud chiqargan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
387-modda. Apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
(387-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 30 сентябрдаги ЎРҚ-968-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.09.2024 й., 03/24/968/0760-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.