Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto'g'ri qo'llanilganligi ishning noto'g'ri hal etilishiga sabab bo'lgan yoki sabab bo'lishi mumkin bo'lgan taqdirdagina sudning hal qiluv qarorini, ajrimini, qarorini bekor qilinishiga asos bo'ladi.
Agar:
1) ish sud tomonidan g'ayriqonuniy tarkibda yoki taalluqlilik to'g'risidagi qoidalar buzilgan holda ko'rilgan bo'lsa;
2) ish sud tomonidan sud muhokamasida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan, ammo sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida xabardor qilinmagan shaxslardan biror-biri yo'qligida ko'rilgan bo'lsa;
3) ish ko'rilayotganida sud ishlari yuritiladigan tilga doir qoidalar buzilgan bo'lsa;
4) sud ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to'g'risidagi masalani hal qilgan bo'lsa;
5) sudning hal qiluv qarorini, ajrimini, qarorini chiqarishda sud maslahatining sir saqlanishiga doir qoidalar buzilgan bo'lsa;
6) hal qiluv qarori, ajrim, qaror ishni ko'rgan va hal qilgan sudyalardan (sudyadan) boshqa sudyalar (sudya) tomonidan imzolangan bo'lsa;
7) sud majlisi bayonnomasi imzolanmagan bo'lsa, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ham bekor qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
372⁴-modda. Protsessual huquq normalarini buzish yoki noto'g'ri qo'llash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.