Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizaga, agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) undiruvchi tan olinishi va ijroga qaratilishini iltimos qilayotgan hal qiluv qarorining chet davlat yoki O'zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan ko'chirma nusxasi;
2) hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirganligi to'g'risidagi rasmiy hujjat, agar bu qaror matnining o'zidan kelib chiqmasa;
3) hal qiluv qarori ilgari tegishli chet davlat hududida ijro etilgan bo'lsa, uning ijro etilganligi to'g'risidagi hujjat;
4) hal qiluv qarori o'z zarariga chiqarilgan va protsessda ishtirok etmagan taraf ishni ko'rib chiqish vaqti va joyi to'g'risida o'z vaqtida hamda tegishli tarzda xabardor qilinganligiga oid hujjat;
5) vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat;
6) agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida davlat bojini va pochta xarajatlarini to'lashdan ozod qilish nazarda tutilmagan bo'lsa, davlat boji va pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjat.
7) mazkur moddaning 1 — 5-bandlarida ko'rsatilgan hujjatlarning, agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, davlat tiliga qilingan, belgilangan tartibda tasdiqlangan tarjimasi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
367-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
(367-модданинг 6-банди Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 11 октябрдаги ЎРҚ-496-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 12.10.2018 й., 03/18/496/2043-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.