O'zbekiston Respublikasi sudlari chet davlat sudlarining ayrim protsessual harakatlarni (chaqiruv qog'ozlari va boshqa hujjatlarni topshirish, taraflar va guvohlarni so'roq qilish, ekspertiza o'tkazish, joyida ko'zdan kechirish va hokazo) bajarish to'g'risida belgilangan tartibda bergan topshiriqlarini ijro etadi. Bundan quyidagi hollar mustasno:
1) topshiriqni ijro etish O'zbekiston Respublikasi suverenitetiga, xavfsizligiga zarar yetkazsa yoki qonunchilikning asosiy printsiplariga zid bo'lsa;
2) topshiriqni ijro etish sudning vakolati doirasiga kirmasa.
Chet davlat sudlarining ayrim protsessual harakatlarni bajarish to'g'risidagi topshiriqlari O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida ijro etiladi.
O'zbekiston Respublikasi sudlari chet davlat sudlariga ayrim protsessual harakatlarni bajarish to'g'risida topshiriqlar bilan murojaat qilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi sudlarining chet davlat sudlari bilan aloqada bo'lish tartibi O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
363-modda. Chet davlat sudlarining sudga doir topshiriqlarini ijro etish va O'zbekiston Respublikasi sudlarining chet davlat sudlariga topshiriqlar bilan murojaat qilishi
(363-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.