Fuqarolik protsessual kodeksi

358⁴-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari

Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish quyidagi hollarda rad etiladi, agar: mediativ kelishuv qonunchilikka zid bo'lsa; mediativ kelishuvning ijro etilishi talab qilinayotgan shartlari o'zgartirilgan yoki bekor qilingan bo'lsa; mediativ kelishuvda belgilangan majburiyatlar to'liq bajarilgan bo'lsa; mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e'tiboran olti oy o'tganidan keyin berilgan bo'lsa, bundan o'tkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan va tiklangan hollar mustasno. Agar mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish rad etilgan bo'lsa, mediativ kelishuvni tuzgan taraflar bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudga murojaat etishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.