Fuqarolik protsessual kodeksi

331-modda. Ariza berish

Shaxs pul mablag'lari qo'yilganligi haqida yoki qimmatli narsalar yoxud davlat zayomi obligatsiyalari saqlash uchun topshirilganligi to'g'risida bank tomonidan taqdim etuvchiga berilgan qiymatli hujjatni yo'qotgan taqdirda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda, suddan yo'qolgan hujjatni haqiqiy emas deb topish va yo'qolgan hujjat bo'yicha huquqlarini tiklash to'g'risida iltimos qilishi mumkin. Ish taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasa joylashgan hududdagi sud tomonidan ko'rib chiqiladi. Arizada hujjat qanday vaziyatda yo'qolganligi, taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasaning, hujjatning nomi ko'rsatilgan bo'lishi, hujjatning alohida belgilari va yo'qolgan hujjatni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi iltimos bayon qilinishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.