Fuqarolik protsessual kodeksi

324-modda. Ariza berish

(324-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

O'n olti yoshga to'lgan voyaga yetmagan shaxs qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda o'zi yashab turgan joydagi sudga o'zini to'liq muomalaga layoqatli deb e'lon qilish to'g'risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan shaxsni to'liq muomalaga layoqatli deb e'lon qilishni rad etganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud bo'lganda voyaga yetmagan shaxsni to'liq muomalaga layoqatli deb e'lon qilish to'g'risidagi ariza sud tomonidan qabul qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.