Spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiiste'mol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish to'g'risidagi yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ish uning oila a'zolari, vasiylik va homiylik organlari, prokuror, davolash muassasalari va boshqa davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bergan arizalar bo'yicha qo'zg'atilishi mumkin.
Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to'g'risidagi ariza mazkur fuqaro yashab turgan joydagi, agar bu shaxs davolash muassasasiga joylashtirilgan bo'lsa, mazkur muassasa joylashgan hududdagi sudga beriladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
310-modda. Ariza berish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.