Fuqarolik protsessual kodeksi

299-modda. Arizaning mazmuni

Farzandlikka olish to'g'risidagi arizada quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak: farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning (uning) yashash joyi; farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug'ilgan sanasi, uning yashash (turgan) joyi, farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi to'g'risidagi, aka-uka va opa-singillari borligi yoki yo'qligi haqidagi ma'lumotlar; farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) farzandlikka olish to'g'risidagi iltimosini asoslovchi holatlar va mazkur holatlarni tasdiqlovchi dalillar; farzandlikka oluvchilar (oluvchi) bolaning tug'ilganlik to'g'risidagi dalolatnoma yozuviga tegishli o'zgartirishlar kiritishni istagan taqdirda — farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasini, ismini, otasining ismini, tug'ilgan sanasini (ko'pi bilan bir yilga), farzandlikka olinayotgan bolaning tug'ilgan joyini (agar bola o'n yoshdan oshmagan bo'lsa) o'zgartirish haqidagi, bolaning tug'ilganlik to'g'risidagi dalolatnoma yozuviga farzandlikka oluvchilarni (oluvchini) ota-ona (ota yoki ona) sifatida qayd etish haqidagi iltimos. Farzandlikka olish to'g'risidagi ariza farzandlikka oluvchilar (oluvchi) tomonidan imzolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.