Fuqarolik protsessual kodeksi

297-modda. Fakt aniqlanganligi to'g'risidagi hal qiluv qarori

Sudning hal qiluv qarorida: sud tomonidan aniqlangan fakt, uning qanday maqsadda aniqlanganligi, shuningdek mazkur faktni aniqlash uchun sud qanday dalillarga asoslanganligi ko'rsatilishi kerak. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida qayd etilishi yoki boshqa organlarda rasmiylashtirilishi lozim bo'lgan faktlarning aniqlanganligi to'g'risidagi sudning hal qiluv qarori ushbu organlar tomonidan beriladigan hujjatlarning o'rniga o'tmaganda, ana shunday qayd qilish yoki rasmiylashtirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.