Sud fuqarolarning yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy huquqlari yuzaga kelishiga, o'zgarishiga yoki tugashiga sabab bo'ladigan faktlarni aniqlaydi.
Sud:
1) shaxslarning qarindoshlik aloqalari;
2) shaxs birovning qaramog'ida ekanligi;
3) otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tug'ilganligi, shuningdek tug'ilgan vaqti;
4) farzandlikka olishni, nikohni, nikohdan ajratishni va o'limni qayd etilganligi;
5) er-xotindan biri vafot etganligi oqibatida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohni ro'yxatdan o'tkazish mumkin bo'lmay qolsa, qonunda belgilangan hollarda ularning haqiqatda nikoh munosabatlarida bo'lganligi;
6) shaxsning huquqini belgilovchi hujjatlarda (bundan jamoat birlashmalariga a'zolik biletlari, harbiy hujjatlar, pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari beradigan guvohnomalar mustasno) ko'rsatilgan familiyasi, ismi yoki otasining ismi uning pasportidagi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasidagi yoxud tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomasidagi familiyasi, ismi yoki otasining ismi bilan mos kelmagan taqdirda, mazkur hujjatlarning unga tegishliligi yoxud tegishli emasligi;
7) baxtsiz hodisa;
8) imoratga xususiy mulk huquqi asosida egalik qilish;
9) merosni qabul qilish va merosning ochilish joyi faktlarini aniqlash to'g'risidagi ishlarni ko'radi.
Agar qonunchilikda ularni belgilashning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo'lsa, sud yuridik ahamiyatga ega bo'lgan boshqa faktlarni ham belgilashi mumkin.
Arizachi yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni tasdiqlaydigan zarur hujjatlarni boshqacha tartibda olishi mumkin bo'lmagan yoxud yo'qotilgan hujjatlarni tiklashning imkoni bo'lmagan taqdirdagina sud ushbu faktlarni aniqlaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
295-modda. Sud tomonidan ko'rib chiqiladigan, yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash to'g'risidagi ishlar
(295-модда иккинчи қисмининг 6-банди Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 14 мартдаги ЎРҚ-759-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.03.2022 й., 03/22/759/0213-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.