Fuqarolik protsessual kodeksi

293-modda. Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko'rib chiqiladigan ishlar

Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko'rib chiqiladigan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash to'g'risidagi; 2) bolani farzandlikka olish (bundan buyon matnda farzandlikka olish deb yuritiladi) haqidagi; 3) fuqaroni bedarak yo'qolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb e'lon qilish to'g'risidagi; 4) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi; 5) shaxsni g'ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to'g'risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi; 6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to'g'risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi; 7) voyaga yetmagan shaxsni to'liq muomalaga layoqatli deb e'lon qilish (emansipatsiya) to'g'risidagi; 8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish haqidagi; 9) taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo'qolgan taqdirda, ular bo'yicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish) to'g'risidagi; 10) yo'qolgan sud ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.