Fuqarolik protsessual kodeksi

286-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko'rib chiqish to'g'risidagi arizaning mazmuni

Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko'rib chiqish to'g'risidagi arizada quyidagilar bo'lishi kerak: 1) sirtdan hal qiluv qarori qabul qilgan sudning nomi; 2) ariza berayotgan javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi (joylashgan yeri, pochta manzili); 3) sud majlisiga uzrli sabablarga ko'ra kelmaganlikdan dalolat beruvchi holatlarning ro'yxati va ularni tasdiqlovchi dalillar, shuningdek sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan dalillar ro'yxati; 4) ariza beruvchi javobgarning iltimosi; 5) arizaga ilova qilingan materiallarning ro'yxati. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko'rib chiqish to'g'risidagi ariza javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko'rib chiqish to'g'risidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi ko'chirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. Ariza uchun davlat boji to'lanmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.