Fuqarolik protsessual kodeksi

279²-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqiladigan ishlar

(279²-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 30 апрелдаги ЎРҚ-1142-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.05.2026 й., 03/26/1142/0440-сон)

Agar da'voning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan yuz baravaridan, jismoniy shaxslarga nisbatan esa ellik baravaridan oshmasa, da'vo arizalari bo'yicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqilishi lozim. Agar ushbu moddaning uchinchi va beshinchi qismlarida ko'rsatilgan holatlar mavjud bo'lmasa, da'vogarning iltimosnomasiga ko'ra, javobgarning roziligi bilan boshqa ishlar ham soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqilishi mumkin. Agar ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqish chog'ida quyidagi holatlar belgilanadigan bo'lsa, sud ishni da'vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo'yicha ko'rish haqida ajrim chiqaradi: 1) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqish davlat sirining, tijorat sirining yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirning oshkor etilishiga olib kelishi mumkin bo'lsa; 2) qo'shimcha holatlarni aniqlash yoki qo'shimcha dalillarni tekshirish, shuningdek dalillarni ular turgan joyda ko'zdan kechirish va tekshirish, ekspertiza tayinlash yoki guvohlarning ko'rsatuvlarini eshitish zarur bo'lsa; 3) bildirilgan talab boshqa talablar bilan bog'liq bo'lsa, shu jumladan uchinchi shaxslarga taalluqli bo'lsa yoki mazkur ish bo'yicha qabul qilingan sud hujjati bilan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari buzilishi mumkin bo'lsa; 4) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqish chog'ida ushbu bobda belgilangan qoidalar bo'yicha ko'rib chiqilishi lozim bo'lmagan qarshi da'vo berilgan bo'lsa. Ishni da'vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo'yicha ko'rishga o'tish to'g'risidagi ajrimda umumiy tartibga o'tish uchun asoslar ko'rsatiladi. Ajrim chiqarilganidan keyin ishni ko'rish boshidan boshlanadi. O'zaro bog'liq bo'lgan bir nechta talab bildirilgan bo'lib, ulardan biri ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan talablarga taalluqli bo'lgan, boshqalari esa ularga taalluqli bo'lmagan taqdirda, barcha talablar da'vo ishini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan umumiy qoidalari bo'yicha ko'rilishi lozim. Ishni ko'rish muddati ishni da'vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo'yicha ko'rib chiqish to'g'risida ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.