Sud ajrimida quyidagilar ko'rsatiladi:
1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
2) sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek soliq to'lovchi qarzdor yuridik shaxsning identifikatsiya raqami;
4) nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinadigan masalaning mohiyati;
5) sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar;
6) sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi;
7) ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.
Sud tomonidan o'z joyida chiqariladigan ajrim ushbu moddaning 4, 5 va 6-bandlarida sanab o'tilgan ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak.
Ajrimning yozuvidagi xatolar va aniq ko'rinib turgan arifmetik xatolar ushbu Kodeksning 261-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzatiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
272-modda. Ajrimning mazmuni
(272-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 сентябрдаги ЎРҚ-716-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.09.2021 й., 03/21/716/0877-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.