O'zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo'lgan yer uchastkasini qaytarish, o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to'g'risidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar bo'yicha, mazkur bobda belgilangan o'ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda ko'riladi.
Ish sudya da'vo arizasini ish yurituviga qabul qilish va ish qo'zg'atish to'g'risida ajrim chiqargan kundan e'tiboran yigirma kundan ortiq bo'lmagan muddatda ko'rib chiqilishi kerak.
O'zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo'lgan yer uchastkasini qaytarish, o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to'g'risidagi ish bo'yicha kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
270⁹-modda. O'zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo'lgan yer uchastkasini qaytarish, o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to'g'risidagi ishlar bo'yicha sud muhokamasining o'ziga xos xususiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.