Fuqarolik protsessual kodeksi

27-modda. O'zaro bog'liq bir nechta talabning sudga taalluqliligi

(27-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)

O'zaro bog'liq bo'lib, ba'zilari fuqarolik ishlari bo'yicha sudga, ba'zilari esa iqtisodiy sudga taalluqli bo'lgan bir nechta talab birlashtirilganda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo'yicha sudda ko'rilishi kerak. O'zaro bog'liq bo'lgan, ba'zilari fuqarolik ishlari bo'yicha sudga, ba'zilari esa ma'muriy sudga taalluqli bo'lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.