Sud pul mablag'larini undirish to'g'risidagi hal qiluv qarorida undirilishi lozim bo'lgan pul summalarini undirish davrini, asosiy qarzning, zararlarning, neustoykaning hamda foizlarning umumiy miqdorini alohida-alohida aniqlagan holda ko'rsatadi.
Tashkilotlardan pul mablag'lari undirilgan taqdirda hal qiluv qarorida undiriladigan mablag'larning xususiyati, shuningdek undirib beriladigan summa javobgarning bankdagi qaysi hisobvarag'idan hisobdan chiqarilishi kerakligi ko'rsatiladi.
Sud dastlabki va qarshi da'volarni to'liq yoki qisman qanoatlantirgan taqdirda hal qiluv qarorida o'zaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim bo'lgan summani ko'rsatadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
257-modda. Pul mablag'larini undirish to'g'risidagi hal qiluv qarori
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.