Fuqarolik protsessual kodeksi

244-modda. Sud muzokaralari

Sud muzokaralari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nutqlaridan iborat bo'ladi. Sud muzokaralari ishtirokchilari o'z chiqishlarida sud tomonidan aniqlamagan holatlarga, shuningdek sud majlisida tekshirilmagan dalillarga asoslanishga haqli emas. Dastlab da'vogar va uning vakili, keyin javobgar hamda uning vakili so'zga chiqadi. Boshlangan sud protsessida nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilgan uchinchi shaxs va uning vakili taraflardan keyin so'zga chiqadi. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bildirmagan uchinchi shaxs va uning vakili uchinchi shaxs ishda qaysi da'vogarning yoki javobgarning tarafida ishtirok etayotgan bo'lsa, shu da'vogardan yoxud javobgardan keyin so'zga chiqadi. Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan prokuror, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning vakillari yoki ayrim fuqarolar sud muzokaralarida birinchi bo'lib so'zga chiqadi. Sud tomonidan sud protsessida ishtirok qilishga jalb etilgan yoki protsessga o'z tashabbusi bilan kirishgan davlat boshqaruvi organlarining vakillari sud muzokaralarida taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so'zga chiqadi. Sud muzokaralari ishtirokchilari bir-birlariga luqma tashlashi mumkin. Oxirgi luqma huquqi doimo javobgar va uning vakiliga tegishli bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.