Fuqarolik protsessual kodeksi

231-modda. O'n olti yoshga to'lmagan guvohni so'roq qilish tartibi

Raislik qiluvchi o'n olti yoshga to'lmagan guvohlarga ish bo'yicha o'zlari bilgan barcha ma'lumotlarni ro'y-rost aytib berishi shart ekanligini tushuntiradi, biroq ular bila turib yolg'on ko'rsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik to'g'risida ogohlantirilmaydi. O'n to'rt yoshga to'lmagan guvohlarni so'roq qilishda, sud lozim topgan taqdirda esa o'n to'rt yoshdan o'n olti yoshgacha bo'lgan guvohlarni so'roq qilishda ham mutaxassis (pedagog) va, zarur bo'lgan taqdirda, ularning ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, ularning vasiylari va homiylari chaqiriladi. Mazkur shaxslar raislik qiluvchining ruxsati bilan guvohga savollar berishi mumkin. Alohida hollarda, o'n olti yoshga to'lmagan guvohni so'roq qilish vaqtiga ishda ishtirok etuvchi u yoki bu shaxs sudning ajrimi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin. Bu shaxs majlis zaliga qaytib kirganidan keyin unga voyaga yetmagan guvohning ko'rsatuvlari o'qib eshittirilishi va guvohga savollar berish imkoniyati taqdim etilishi kerak. O'n olti yoshga to'lmagan guvoh so'roq qilib bo'lingach, sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi, bundan sud bu guvohning majlis zalida bo'lishini zarur deb topgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.