Ushbu Kodeksning 21 va 22-moddalarida ko'rsatilgan holatlar mavjud bo'lsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi o'zini o'zi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ham shu asoslarga ko'ra ularni rad qilish haqida arz qilishi mumkin.
Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni, sud majlisi kotibini rad qilish sudning tashabbusiga ko'ra ham ko'rib chiqilishi mumkin.
Rad qilish haqidagi arz asoslantirilgan bo'lishi va ishni mazmunan ko'rish boshlanguniga qadar ma'lum qilinishi lozim. Rad qilish asosi sudga yoki rad qilinayotgan shaxsga ishni ko'rish boshlanganidan so'ng ma'lum bo'lib qolgan hollardagina rad qilish haqida kechikib arz qilishga yo'l qo'yiladi.
Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar bo'yicha takroran rad qilish arz qilinishi mumkin emas. Takroran rad qilish arz qilingan taqdirda, u ko'rib chiqilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
23-modda. Rad qilish haqida ariza berish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.