Fuqarolik protsessual kodeksi

22-modda. Prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibini rad qilish asoslari

Ushbu Kodeks 21-moddasining 2 va 4-bandlarida ko'rsatilgan rad qilish asoslari prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibiga nisbatan ham tatbiq etiladi. Agar ekspert, mutaxassis va tarjimon taraflar yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga xizmat yuzasidan yoxud boshqacha tarzda qaram bo'lsa, agar ekspert va mutaxassis ham taftish o'tkazgan yoxud xulosa bergan bo'lib, ularning materiallari mazkur ishni qo'zg'atishga asos bo'lib xizmat qilgan bo'lsa, ularni rad qilish to'g'risida ariza berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.