Quyidagi hollarda sudya ishni ko'rishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
1) shu ish ilgari ko'rilganida sudya sifatida ishtirok etgan bo'lsa va ushbu Kodeks talablariga muvofiq ishni ko'rishda takror ishtirok etishiga yo'l qo'yilmasa;
2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo'lsa yoxud uning xolisligi va beg'arazligiga shubha tug'diradigan boshqa holatlar mavjud bo'lsa;
3) shu ish ilgari ko'rilganida hakamlik sudining sudyasi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi, guvoh va vakil sifatida ishtirok etgan bo'lsa;
4) taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi bo'lsa;
5) ishni ko'rayotgan hay'at tarkibiga kiruvchi sudyaning qarindoshi bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
21-modda. Sudyani rad qilish asoslari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.