Fuqarolik protsessual kodeksi

202-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddatlari

Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash ariza qabul qilingan va fuqarolik ishi qo'zg'atilgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. Alohida hollarda, bu muddat o'ta murakkab ishlar bo'yicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga binoan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin, bundan aliment undirish haqidagi, mayib bo'lganlik yoki sog'liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning o'rnini qoplash hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar to'g'risidagi ishlar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.