Fuqarolik protsessual kodeksi

2-modda. Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari

Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat: fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, O'zbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini to'g'ri, o'z vaqtida ko'rib chiqish va hal etish; qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, demokratiyani, ijtimoiy adolatni, fuqarolar o'rtasida tinchlik va milliy totuvlikni ta'minlashga ko'maklashish; qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.