Fuqarolik protsessual kodeksi

197-modda. Sudyaning bir turdagi ishlarni birlashtirish huquqi

Sudya mazkur sudning ish yuritishida ayni bir taraflar ishtirok etayotgan bir turdagi bir nechta ish yoxud bir shaxsning turli javobgarlarga yoki bir nechta da'vogarning ayni bitta javobgarga nisbatan arizalari bo'yicha bir nechta ish mavjudligini aniqlasa, bu ishlarni birgalikda ko'rish uchun bitta ish yuritishga birlashtirishga, agar bunday birlashtirish ishning o'z vaqtida va to'g'ri hal qilinishiga olib kelsa, haqli. Ishlarni birlashtirish to'g'risida ajrim chiqariladi. Birlashtirilgan ishlarni ko'rish muddati keyinroq qo'zg'atilgan ish bo'yicha belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.