Sud arizani ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) arz qilinayotgan talab fuqarolik ishlari bo'yicha sudga, iqtisodiy sudga yoki ma'muriy sudga taalluqli bo'lmasa;
2) fuqarolik ishlari bo'yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki ma'muriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki da'vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish to'g'risidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud bo'lsa;
3) fuqarolik ishlari bo'yicha sudning, hakamlik sudining ish yuritishida ayni bir taraflar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo'lsa;
4) ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan hakamlik sudining qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bo'lsa, bundan fuqarolik ishlar bo'yicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;
5) ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan hakamlik muhokamasini tugatish to'g'risida chiqarilgan ajrim bo'lsa, bundan hakamlik sudida ushbu nizoni ko'rib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli hakamlik muhokamasi tugatilganligi holati mustasno.
5¹) sudning ayni bir taraflar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan tuzilgan mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ajrimi mavjud bo'lsa;
Sudyaning ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar bo'yicha arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etishi sudga ikkinchi marta murojaat etishga to'sqinlik qiladi.
Agar nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli bo'lsa, ajrimda sudya arizachi qaysi organga murojaat qilishi lozimligini ko'rsatishi shart.
Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish to'g'risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
194-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish
(194-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 октябрдаги ЎРҚ-1089-сонли Қонунига асосан 5¹-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.10.2025 й., 03/25/1089/0953-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.